Tavassul masalasi batafsilrok yoritilsa

Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barokatuxu!SAVOL: Muxtaram ustoz! Xabaringiz bor, men tomonimdan siz aziz ustozga vasiyla masalasida kuplab savollar berildi. Savollarni berishimdan yagona maksadim, mazkur vasiyla masalasini ilmiy ravishda urganib, amal kilish edi. Alxamdulillox, siz tomoningizdan kiska bulsada munosib javoblar takdim kilindi. Allox umringizga baraka bersin! Sizdan yana bir iltimosim shuki, "Zikr axlidan surang" kitobchasida mazkur masalada batafsilrok yoritib berilsa, ya’ni aytmokchimanki, "Ixtiloflar.Sabablar.Echimlar" kitobida yoritilgan masalalar katori ikki tomonning dalillari urganilib, dalillarning saxixi bayon kilinsa. Bu masalada ulamolarimiz aloxida kitob yozganliklari, muxolif tomonga raddiyalar berishganligini eshitdik. Lekin kupchilik arab tilidagi diniy adabiyotlardan foydalana olmasliklari uchun kupgina masalalardan gaflatda kolib ketishadi. Bu amalni (ya’ni vasiyla) amaliy ravishda xam bajarganimda, foydasi bulganini muloxaza kildim. Yakindagina boshimdan utgan bir xodisani keltirib utsam, ijozatingiz bilan. Uzim bozorda xar xafta yakshanba kunlari, beshik savdosi bilan shugullanaman. Xaftasiga 2-3 ta beshikni anjomlari bilan olib chikib, sotib, bozorlik kilishga ishlataman. Kariyb bir oydan beri bir sum xam savdo kilmayotgan edim. Bizni bozorda 3-4 nafar beshikchilar bor bulib, ular juda uchar bozorchilar bulib, tillari xam chechan, iloji bulsa boshkalar sotmasada, uzlari sotib foyda olishsa. Shunday xamkasblar katorida men kariyb bir oydan beri birorta xam maxsulot sota olmay yurdim. Bu xolat tugrisi alam kilarlik xolat edi menga. Beshiklarni sotib, ruzgorga kerakli narsalarni ololmay koldim. Alloxga namozlarda kup duolar kildim, xojat namozi, tasbex namozlarini ukidim. Lekin baribir usha xafta yana sotmadim. Shunda Alloxga vasiyla kilib duo kilish kalbimdan utdi. Farz namozidan sung kullarimni duoga ochib, avval Alloxning guzal ismlari va oliy sifatlarini, sungra ozgina ixlos bilan kilingan solix amallarimni, oxirida Usmon ibn Xaniyf (r.a) rivoyat kilgan vasiyla duosini uzbekcha tarjimasini ukib Alloxga duolar kildim. Subxonallox! Usha xafta menga sottirishga kuymay, uzlari sotishni yaxshi kuradigan birodarlarim menga sotishda kumak berib, 2 ta beshigimni sotib berishdi. Bu duoyimni Allox kabul kilganini kalbdan sezdim. Shuning uchun muxtaram ustoz mazkur masalada xam kengrok, batafsilrok ma’lumotlarni "Zikr axlidan surang" kitobchalaridan biror sonida chop kilishda mutasaddi bulsangiz. Nakliy dalillar bilan birgalikda meni boshimdan utgan xodisa kabi akliy dalillarni xam keltirish bilan birga Usmon ibn Xaniyf (r.a) rivoyat kilgan vasiyla duosining arabcha matnini xam keltirib utsangiz. Bu aytganlarim sizga shart kuyish emas ustoz, tugri tushungaysiz. Bu mening talaba sifatida sizga iltimosim.Siz kabi olim zotni bizga nasib kilgan Alloxga xamdlar bulsin! Allox sizni salomat kilsin! Amin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- "Zikr ahlidan so‘rang"da bu masala chop qilingan.

27 May 2022, 03:52 | Savol-javoblar | 152 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar