Topilgan tillani xalollab olish

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im Gazel mashinasida Chorsu ippodrom yo‘nalishida ishlar edilar. Mashinalaridan tilla braslet topib olibdilar. Mashinani oynasiga osib qo‘yibdilar egasi so‘rab kelar degan maksadda. Lekin xech kim so‘rab kelmabdi. Uni men olib zargarga berib o‘zimga boshqa buyum yasattirdim. Tilla 14 gramm chiqdi. Shundan ma’lum mikdorini pul shaklida sadaqa sifatida onamga berdim. 1. Savolim shu sadaqani onamga berganim to‘g‘rimi? 2. Nima qilsam shu tillani xalollab olgan bo‘laman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘qotilgan buyumni olayotgan paytida bunga boshqalarni guvoh qilish, so‘ngra topilmani e’lon qilish va egasi qidirishi mumkin bo‘lgan muddat kutish shart. Shundan so‘nggina uni sadaqa qilish joiz bo‘ladi.  Sizlar o‘sha narsani egasi qidirishi mumkin bo‘lgan vaqt kutmay uni zargarga berib xato qilgansizlar. Hali ham topilmani e’lon qilishda davom etinglar. Egasi topilsa pulini to‘lab berasizlar. Vallohu a’lam!

11 Sentabr 2023, 17:46 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar