"Mendan keyin payg‘ambar kelganida" hadisi

Assalomu alaykum! Paygambarimiz Muxammad (sollolloxi alayxi vasallam) agar mendan keyin payg‘ambar kelganida bu Umar ibn Xattob(roziyalloxu anxu) bo‘lar edi degan mazmunda xadislari bormi yoki Abubakr Siddiq(roziyalloxu anxu)mi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Umar roziyallohu anhu. حَدَّثَنَا سَلَمَةُ بْنُ شَبِيبٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا الْمُقْرِئُ، عَنْ حَيْوَةَ بْنِ شُرَيْحٍ، عَنْ بَكْرِ بْنِ عَمْرٍو، عَنْ مِشْرَحِ بْنِ هَاعَانَ، عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَوْ كَانَ بَعْدِي نَبِيٌّ لَكَانَ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ».
هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ غَرِيبٌ لَا نَعْرِفُهُ إِلَّا مِنْ حَدِيثِ مِشْرَحِ بْنِ هَاعَانَ
Bizga Salama ibn Shabib hadis aytib berdi. U dedi: «Bizga Muqri’ hadis aytib berdi». U Hayva ibn Shurayhdan, u Bakr ibn Amrdan, u Mishrah ibn Ha’andan: 
Uqba ibn Omirdan:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar mendan keyin nabiy bo‘lganda, albatta, Umar ibn Xattob bo‘lar edi», dedilar».
Bu hasan g‘arib hadisdir, uni Mishrah ibn Ha’anning hadisidangina bilamiz. Vallohu a’lam!

29 Iyun 2022, 12:26 | Savol-javoblar | 194 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar