Akli zaif va telbalarga kanday muomala kilinadi yoxud ularning xak va xukuklari

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu!Savol: Jamiyatda sog‘-salomat insonlar bilan birgalikda aqlan zaif, telba insonlar ham yashaydilar. Aqlan zaiflik va telbalikning ham turli ko‘rinishlari mavjud. Ayrimlarining jamiyatga salbiy ta’siri sezilarsiz bo‘lsa, ayrimlariniki jiddiy sezilishi mumkin. Teblalarni ko‘pincha ruhiy shifoxonalarga topshirishsa, ayrim hollarda ular uyda, oila a’zolari orasida ham yashab yuradilar. Kimnidir onasi yoki otasi bu kasallikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, kimnidir farzandi yoki boshqa yaqin kishisi shunday aqlan zaif bo‘lishi mumkin. Hayotda uchratamizki, ayrim aqli zaiflarning oila a’zolariga zararlari etishi, ular tomonidan ko‘ngilsiz holatlar, qo‘pol qilib aytganda jinniliklar sodir bo‘ladi. Ana shunday paytda yaqinlari telba kishiga nisbatan kuch ishlatishlari mumkinmi? Kuch ishlatish paytida qattiqroq urilsa va buning oqibatida uning biror eri shikastlansa urgan yaqini, qarindoshi yoki begona kishi gunohkor bo‘ladimi? Qiyomatda bu qilmishi uchun urgan kishidan qasos olinadimi? Savolim tushunarli bo‘lsin uchun yana bir tomonini aytib o‘tmoqchiman. Ayrim kishilar qalblaridagi mehr, rahm-shafqat tufayli aqlan zaif, telba qarindoshini ruhiy shifoxonaga topshirishga rozi bo‘lmay, o‘zi tarbiya qilib, olib yuradi. Uning qilmishlariga ham sabr qilishga rozi bo‘ladi. Lekin yuqorida aytib o‘tganimdek, bu qilmishlari haddan oshib ketishi mumkin. Telba kishi uy a’zolarini gohida kasali qo‘zigan paytda urishi, uydagi biror narsalarni sindirishi kabi holatlar bo‘ladi. Ana shunday paytlarda telba kishining yaqinlari unga nisbatan kuch ishlatsalar gunohkor bo‘lmaydilarmi? Gapimni xulosa qilib aytmoqchimanki, shariatimizda bunday kishilar bilan qanday muomala qilinadi? Kitoblarimizda aqli zaif, telba kishilarning hukmi, ularga qilinadigan muomala, ularning haq-huquqlari, ularga nisbatan boshqalar tomonidan qilinadigan amallar, odoblar haqida nima deyilgan? Din yo‘lida qilayotgan ishlaringizni Alloh bardavom aylasin! Amin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ehtiyotkorlik bilan muomala qilinadi. Ularga behuda ozor bermaslik kerak bo‘ladi. Tan jarohati etadigan darajada urishga ruxsat yo‘q

27 May 2022, 03:56 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar