Kazoi mubram va kazoi muallak

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu!Savol: «Umuman olganda islomda ikki taqdir: qazoi mubram, ya’ni o‘zgarmaydigan, qattiq va mustahkam taqdir hamda qazoi muallaq, ya’ni muallaq holda osilib turadigan, har lahzada odamning boshiga qo‘nib, falokat keltiradigan taqdir bor. Bu har ikki taqdirni past yoki yuqori tomonga o‘zgartirish faqat Allohning qo‘lida…» Ochiqish mo‘’jizalari. Pol.E.Bregg. 4-5-betlar.Yuqoridagi fikr mazkur kitobning so‘z boshisida keltirilgan. Tarjimon bu bilan shuni tushuntirmoqchi bo‘ladi. Ya’ni, ma’lumki, kasalliklarning 99%i to‘yib ovqatlanish, to‘yganidan so‘ng ham ovqatlanish, zararli ovqatlarni iste’mol qilish oqibatida kelib chiqadi. Bu dunyoda esa insonga ixtiyor berilgan. U hayotini qanday o‘tkazishi o‘ziga bog‘liq. Sog‘ligini asrasa uzoq umr ko‘radi, aksincha bo‘lsa, tezda qarib, vafot topadi. Kitob muallifi Pol Bregg ham hayotida kasalliklarga chalinmay bir halokat sababli vafot topgan. Xuddi shu ma’noni Muhammadjon xoji domla Hindistoniy (r.alayh)ning bir audio ma’ruzalarida eshitgandim. U kishi mazmunan aytdilarki, «Qazoi mubram deb hech bir shartsiz qazoga aytiladi, misoli o‘lim. Hech kim o‘lmasligini iloji yo‘q. Ertami-kechmi baribir o‘ladi. Bu qazoi mubram. Qazoi muallaq esa bir shartga ta’liq qilingan qazo. Misol uchun bir odamni bir solih kishi duo qiladi. Umring uzoq bo‘lsin, deydi. Yoki bemorlarga shifo tilab duo qilinadi. Bir sabab yoki duo bilan umri ham uzoq bo‘laveradi, qisqa ham bo‘laveradi. Bemor ham bo‘laveradi, shifo ham topaveradi. Birovni, masalan yoshlarni mashina urib ketdi, deyiladi. Agar o‘sha erga yurib bormaganida avariya bo‘lmasdi, balkim uzoqroq yashardi. Mana shu ham qazoi muallaqdir»Yana qo‘shimcha qilib aytamanki, xalqimiz orasida ham «Ajalidan besh kun burun o‘libdi» degan gap yuradi. Muhtaram ustoz! Yuqoridagi satrlarda keltirilgan ikki qism qazo haqida kitoblarimizda biror ma’lumot berilganmi? Meni yana tushunmagan joyim insonning uzoq umr ko‘rishiga o‘zi sababchi yohud yosh o‘lib ketishiga ham o‘zi sababchi bo‘lishi mumkinmi? Mazkur ikki qism qazoni tushuntirib bersangiz.Din yo‘lida qilayotgan ishlaringizni Alloh bardavom aylasin! Amin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu haqida aqiyda va hadislarning sharhi bo‘lgan kitoblarda anchagina gaplar kelgan. Siz keltirgan gaplar o‘shalarga mos.

27 May 2022, 03:56 | Savol-javoblar | 134 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar