Garov o‘ynab yutgan narsa halolmi

Assalomu alaykum! Ustozlar, biz ishxonada 3 kishi ishlaymiz. Bir kuni sheriklarim garov bog‘lashdi va yutqazgan kishi ichimlik (pepsi yoki koka kola) olib kelishdan kelishishdi. Ana shu olib kelingan ichimliklarni ichish joizmi? Shunga o‘xshagan garovlar ortidan kelgan narsalar xalolmi? Javob uchun oldindan rahmat 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida kel garov o‘ynaymiz degan so‘zni aytish joiz emas. chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday degan kishi haqida “Gunohining kafforati uchun sadaqa qilsin” deganlar. Qimor o‘ynash ham undan kelgani ham harom. Hadisdagi qimordan murod bizdagi garov o‘ynashdir. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : مَنْ حَلَفَ فَقَالَ فِي حَلِفِهِ: وَاللَّاتِ وَالْعُزَّى. فَلْيَقُلْ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ. وَمَنْ قَالَ لِصَاحِبِهِ: تَعَالَ أُقَامِرْكَ. فَلْيَتَصَدَّقْ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim ont ichsa-yu, ontida «Lotga qasam», «Uzzoga qasam», desa, darhol «Laa ilaaha illallooh», deb olsin. Kim sherigiga «Kel, sen bilan qimor o‘ynayman», desa, darhol sadaqa qilib yuborsin». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:58 | Savol-javoblar | 180 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar