Kimning gapi to‘g‘ri?
Assalomu alaykum hurmatli Ustoz.Quyidagi hadisni sharhlab bersangiz, iltimos (birodarlarga tushuntirishim uchun bir-ikki misollar bilan bo‘lsa juda yahshi bo‘lar edi). عن أبي سعيد الخدري قال : سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول : من رأى منكم منكرا فليغيره بيده ، فإن لم يستطع فبلسانه ، فإن لم يستطع فبقلبه ، وذلك أضعف الإيمان . رواه مسلم .Ikki do‘st marshrutkaga chiqdilar va biri haydovchidan musiqani o‘chirishni so‘radi, haydovchi buni xohlamadi. Balki u nasroniy bo‘lishi mumkin. Keyin u musiqani haromligini aytib, uni o‘chirishini talab qildi. Haydovchini biroz jahli chiqqanday bo‘ldi-yu, lekin o‘chirib qo‘ydi. Do‘stiga yuqoridagi hadisni keltirdi. Do‘sti unga bu ishini shart emasligini va Rossiyada ya’ni Islom diyorida bo‘lmaganini, musiqani eshitmasdan ichida istig‘for tasbeh aytib ketsang, yaxshiroq bo‘lardi deya fikr bildirdi. Mana shu ishda kimning xulosasi to‘g‘ri?Alloh rozi bo‘lsin ustoz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz turli gaplarni keltirib, qay biri to‘g‘ri deya, o‘zingizni ham, o‘zgani ham ovora qilgandan ko‘ra. Kitob o‘qib, bilimingizni oshirsangiz yaxshi bo‘lar edi. Men qachonlardir sharh qilib, kitobda chiqarib qo‘ygan hadisni menga turli shartlar qo‘yib, sharhlab berishni talab qilishdan oldin, kitobni o‘qiganingizda yaxshi bo‘lar edi. Mening vaqtimni ham zoe qilmagan. Ortiqcha urintirmagan bo‘lar edingiz. Diynni voqealarga solishtirib o‘rganilmaydi. Diynning hukmini o‘rganib olib, uning asosida voqealarga munosabat belgilanadi. - Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizdan kim bir munkar ishni ko‘rsa, qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan qaytarsin, ana o‘sha eng zaif iymondir», dedilar».Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.Sharh: Bu hadisi sharifni ham Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhu rivoyat qilgan. U kishi bilan yuqorida tanishib o‘tdik.Boshqa muhaddislar bu hadisi sharifni ko‘proq amri ma’ruf va nahyi munkar bobida keltiradilar. Bizning muallifimiz esa, iymonning ziyo¬da va kam bo‘lishi bobida keltiribdilar. Buning far¬qi yo‘q, ikkisi ham barobar. Bu hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mo‘min-musulmon kishining munkar, Islom dini tomonidan inkor qilingan ishlarga nisbatan munosabatiga qarab iymoni kuchli yoki zaif bo‘lishini bayon qilmoqdalar.«Munkar ish» deganimiz din, shariat tomonidan inkor qilingan yomon ishni bildiradi. Chin mo‘min inson o‘z jamiyatida bo‘layotgan munkar ishni ko‘rib-bilib turib, befarq qola olmaydi. Mo‘min kishi munkar ishni ko‘rganida uch holatdan birida bo‘lishi mumkin, xolos:1. «Munkar ishni qo‘li bilan qaytarish». Bu kuch ishlatib, degan ma’noni bildiradi. Ya’ni, bo‘layotgan yomon ishni to‘xtatish, uni qaytarish uchun kuch sarflasin. Bu ko‘proq qo‘lida hukmi bor, imkoni bor mo‘minlarga tegishli bo‘ladi. Yana, munkarni qaytarishdan oldin, holatga qaraladi. Har qanday shaxs aralashsa bo‘ladigan, kuchi etadigan ish bo‘lsa, albatta, o‘sha odamga bu munkarni kuch bilan qaytarish vojib bo‘ladi.2. Munkar ishni tili bilan qaytarish. Bu qo‘li bilan qaytarishga qodir bo‘lmaganlarning ishi. Bu ish ikkinchi navbatda, birinchisiga qodir bo‘lmagan taqdirdagina joriy bo‘ladi. U vaqtda mo‘min-musulmon odam tili bilan gapirib, munkar ishning yomonligini bayon etadi, uni qilmaslikka chaqiradi. Bu ish har bir imkoni bor mo‘minga vojibdir. Iymoni taqozo qilgan burchdir. Lekin gohi vaqtlarda zulm, tazyiq haddan oshib, og‘iz bilan gapirgan mo‘minga zarar etishi, uning joniga, shaxsiga va boshqa tomonlariga tahdid solinishi mumkin. Bunday noiloj holda qolgan odam, so‘nggi, uchinchi darajaga tushishga majbur bo‘ladi.3. Munkar ishni dili bilan qaytarish.Chin dildan «shu ish bo‘lmasligi kerak edi, ammo, ming afsuski, bo‘ldi. Bu ishni qo‘lim bilan o‘zgartirishim kerak edi, ammo qila olmadim. Bu ishni hech bo‘lmasa tilim bilan o‘zgartirishim kerak edi. Ammo buni ham qila olmadim. Endi, dilim bilan inkor qilishdan boshqa choram qolmadi», deyilur. Bu esa, eng zaif iymon bo‘ladi. Bundan ham zaif iymon bo‘lishi mumkin emas. Buni ham qilmasa, o‘sha zaif iymon ham qolmaydi. Iymoni kuchli mo‘minlar esa, hech narsadan qo‘rqmay, munkar ishni o‘z vaqtida inkor qiladilar.Alloh xohlasa, «Amri ma’ruf va nahyi munkar» bobida bu haqida batafsil so‘z yuritamiz. Ushbu bobda esa, yomonlikni inkor qilish iymonga taalluqli ish ekanini yaxshilab tushunib olishimiz kerak. Kishi yomonlikni qanchalik ko‘p inkor qilsa, qaytarsa, shunchalik iymoni ziyoda va baquvvat bo‘lishini tushunib olishimiz kerak. Aksincha, yomonlikni inkor qilishi qanchalik oz va kuchsiz bo‘lsa, iymoni ham shunchalik zaiflashib borishini bilmog‘imiz kerak. Ana o‘shanda nima uchun iymonsiz jamiyatda iymon bilan ishi yo‘q, iymon qadrlanmaydigan jamiyatda, yomonlik ko‘payib ketishini anglab etamiz. Ana shundagina Allohning oxirgi va mukammal dini–Islomda munkar ishni o‘zgartirishga, inkor qilishga bunchalar katta ahamiyat berilganini tushunib etamiz. Ana shundagina nima uchun musulmonlar ushbu hadisi sharifga to‘liq amal qilgan davrlarida dunyodagi peshqadam millat bo‘lganlarini anglab etamiz. Ana o‘shandagina, nima uchun musulmonlar bu hadisga amal qilmay qo‘yganlarida tushkunlik tomon yuz tutganlarini to‘g‘ri fahmlaymiz.Bu hadisdan olinadigan foydalar:1. Munkar ishlarga nisbatan murosasiz bo‘lish.2. Imkoni bo‘lsa, munkar ishni qo‘l bilan qaytarish-o‘zgartirish.3. Qo‘l bilan qaytarishning imkoni bo‘lmaganda, munkar ishni til bilan qaytarish.4. Qo‘l bilan ham, til bilan ham qaytarishning imkoni bo‘lmaganda dil bilan qaytarish.5. Munkar ishni dil bilan qaytarish eng zaif iymon ekanini anglash.Bu hadisning hikmatlari va insoniyatning mazkur hikmatlarga ehtiyoji haqida har qancha gapirsak, shuncha oz. Chunki, yomonni yomonlik qilishdan qaytarmaslik har qanday jamiyatni, bora-bora butun insoniyatni halokatga olib borishi turgan gap.
27 May 2022, 03:59 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar