Meros qanday taqsimlanadi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, meros masalasi nozik masala bo‘lganligi uchun sizlarga murojaat qilmoqdaman. Marhumning 5 qiz va 2 o‘g‘li (o‘z o‘g‘il-qizlari), va bundan tashqari ota bir, ona boshqa 1 singlisi qolgan va ularning hammasi hayot. Marhumning ayoli marhumdan avval vafot etgan. Quyidagi vaziyatda meros qanday taqsimlanadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Marhumdan qolgan murosning hammasi choy ichadigan piyolasi, ovqat eydigan qoshig‘i, kiygan kiyimlari hatto eski paypog‘igacha hisoblanib, o‘g‘illarga ikki hissadan, qizlarga bir hissadan beriladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:00 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar