Xayvon bozoridagi savdo
Assalomu alaykum! Xayvon bozoridagi savdoda savdogar xayvonni sotuvchidan olib o‘rnida yoki shu bozorning biror joyida sotishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Erlik aholiga zarar keltirib, jalb qilib keltirilayotganning yo‘lini to‘sib chiqish va qahatchilik vaqtida erlik odamning chetdan kelganga sotib berishi ham makruh.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لَا تَلَقَّوُا الرُّكْبَانَ، وَلَا يَبِعْ حَاضِرٌ لِبَادٍ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ وَفِي رِوَايَةٍ فَإِنْ تَلَقَّاهُ إِنْسَانٌ فَابْتَاعَهُ، فَصَاحِبُ السِّلْعَةِ فِيهَا بِالْخِيَارِ، إِذَا وَرَدَ السُّوقَ وَلِمُسْلِمٍ وَالتِّرْمِذِيِّ لَا يَبِعْ حَاضِرٌ لِبَادٍ، دَعُوا النَّاسَ، يَرْزُقِ اللهُ بَعْضَهُمْ مِنْ بَعْضٍ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ulov minganlarning oldini to‘sib chiqmanglar. Erlik odam sahrolikka sotib bermasin», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Boshqa rivoyatda:
«Agar bir inson uning oldini to‘sib chiqib, sotib olsa, savdo molining egasi bozorga kelganda ixtiyori o‘zida bo‘ladi», deyilgan.
Muslim va Termiziyning rivoyatida:
«Erlik odam sahrolikka sotib bermasin. Odamlarni tek qo‘yinglar. Alloh ba’zilarini ba’zilaridan rizqlantiraversin», deyilgan.
Ushbu hadisi sharifda bozor qoidalaridan yana biri, ya’ni bozor atrofida aylanib yurib, oson yo‘l bilan boylik orttirish maqsadida narx-navoning o‘sishiga sabab bo‘ladigan kishilarning ishi noto‘g‘ri ekani bayon qilinmoqda.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ulov minganlarning oldini to‘sib chiqmanglar. Erlik sahrolikka sotib bermasin», dedilar.
Bu «Tashqaridan o‘z mahsulotlarini sotish uchun bozorga olib kelayotganlarning oldini to‘sib chiqib, bozordagi narxni bilmaslaridan oldin arzon-garov sotib olmanglar», deganidir.
Johiliyat davrida bu ishni qiladiganlar bor edi. Hazrati Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning o‘zlari: «Biz ulov minganlarning oldini to‘sib chiqib, bozorga kelmaslaridan oldin taomlarini sotib olar edik», deganlar.
«Erlik sahrolikka sotib bermasin».
Ba’zi rivoyatlarda «dallollik qilib», deyilgan. Shuning uchun ham ulamolarimiz: «Erlikning sahrolikning molini sotib berishi dallollik qilmaslik bilan bo‘lsa, joiz», deganlar. Chunki erlik dallollik qilganda o‘zining foydasini ko‘zlab, qimmatroq sotishga harakat qiladi va natijada ko‘pchilik xaridor molni sahrolikning o‘zi sotadigan arzon narxga ololmaydi. Shuning uchun ham bozorning narxini sun’iy ravishda o‘stirmay, tabiiy holiga qo‘yib berish kerak.
Ushbu qoidada Islom shariatida ko‘pchilikning foydasini ko‘zlab ish tutish ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Ulov minganning oldini to‘sib chiqish man qilinganda ish bir kishi bilan bitar edi. Shuning uchun sodda odamni ustomon aldamasin, degan asosda ish ko‘rildi. Ya’ni bitta ustomon sodda dehqonni aldab, molini arzon narxga sotib olmasin, deyildi. Lekin, shu bilan birga, o‘sha ustomon sodda dehqondan ko‘ra qimmatga sotishi oqibatida narx o‘sishi nazarda tutildi.
Ikkinchi holatda ish sahrolikning zarariga ketayotganga o‘xshaydi. Chunki agar erlik odam unga sotib bersa, u o‘zi sotgandan ko‘ra ko‘proq foyda olishi mumkin edi. Ammo bu holda ko‘pchilikning, xususan, kelib undan narsa sotib oladiganlarning manfaati e’tiborga olingan. Bunda ham vositachilar mehnat qilmay, narx-navoni sun’iy ravishda yuqori ushlab turishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun shunday qilingan. Har bir bozorda shunga o‘xshash tamagirlar bo‘ladi. Ular o‘z foydalarini ko‘pchilik hisobidan topadilar. Islom shariatida bu narsaga ruxsat berilmagan.
Sahroda va qishloqda yashaydigan kishilar odatda bozordagi narxdan yaxshi xabardor bo‘lishmaydi, savdo-sotiq ishlarida shahar aholisichalik ustomon ham bo‘lishmaydi. Shuning uchun yo‘lini to‘sib chiqib, molini sotib olmoqchi bo‘lgan odamga arzonga sotib qo‘yishi mumkin. Natijada u ham, bozorga keladigan oddiy xaridorlar ham zarar ko‘radilar.
«Agar bir inson uning oldini to‘sib chiqib, sotib olsa, savdo molining egasi bozorga kelganda ixtiyori o‘zida bo‘ladi». Ya’ni tashqaridan, sahro va qishloqlardan mol olib kelayotganlar bozorga kelib, vaziyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, mulohaza qilib sotgani yaxshi bo‘ladi. Agar bir kishi o‘z molini oldini to‘sib chiqqan chayqovchiga sotsa-yu, keyin bozorga kelib, narx-navoni ko‘rgach, aynib qolsa, molini qaytarib olishga haqqi bor.
Shariat doirasida, harom-harish aralashtirmay, sotuvchi va oluvchi o‘zaro rozi bo‘lgan holda tijorat yuritaverishi kerak. Bu qoidani Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining
«Odamlarni tek qo‘yinglar! Alloh ba’zilarini ba’zilaridan rizqlantiraversin», degan gaplari bilan ifoda etganlar. Bu bozorda erkin savdo bo‘lsin, deganlaridir. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 02:52 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat