Harom etilgan ozuqalarni o‘ylamasdan tanavvul qilish
Assalomu alaykum! Men o‘zim chet elda o‘qiyman. Ikkita restoranda ishlab o‘qishimga pul orttirishga harakat qilaman. Qur’on hamda namoz o‘qishimga qaramasdan bir xatolikka yo‘l qo‘ydim. Ishchilarga tanaffus vaqtida ovqatlardan tanavvul qilishga ruxsat beriladi. Men cho‘chqa go‘shti iste’mol qilmasamda, tovuq yoki mol go‘shtini ehtiyotsizlik qilib tanavvul qildim. Hozirda ish joylarimni ikkalasida ham halol sertifikati yo‘q ekanligini bilib qoldim. Iltimos menga ayting, eganlarim harommi? Harom bo‘lsa, buni badalini qanday to‘layman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol bo‘lgani aniq bo‘lmasa nojoiz narsani egan bo‘ladi, tezda tavba qilib uni eyishdan tiyilish shart. Inson egan narsalaridan tashkil topadi. Shuning uchun ham uch-uch yarim kilo tug‘ilgan bola katta bo‘lganida 40-50 kilo vazn oladi. O‘sha 40-50 kilo go‘sht uni egan taomidir. Agar halol egan bo‘lsa halol go‘sht, harom eb o‘stirgan bo‘lsa harom go‘sht. Cho‘chqa go‘shtini eb katta bo‘lgan bola nima bo‘lishini tasavvur qilavering. Odamni har xil harakatga keltiradigan narsalar ham o‘sha egan ovqati hisoblanadi. Shuning uchun shariatimiz yirtqich hayvonlarni eyishdan qaytargan. Allohning rahmatini qaranki bundan ham qutilish yo‘lini ta’limini bergan. Bunday insonlar ko‘proq ro‘za tutadilar. Shunda o‘sha haromlardan qutiladi. Zakot molni poklovchisi bo‘lsa ro‘za odam badani va ruhining poklovchisidir. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 07:07 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom