Muzobara haqida

Assalomu alaykum! Biz quyidagi bizni qiynayotgan savol bilan murojaat qilmoqchimiz.Biz 2 kishidan muzobaraga pul olganmiz. Biridan 5500, ikkinchisidan 3000. Chet eldan material olib kelamiz. Bizga pul bergan ikkala odamni pullari materialga tikilgan. Biz mollar aralashib ketayotganidan cho‘chib, quyidagicha ish qilmoqchimiz. Ikkala tomon roziligida albatta. Ikkala mablag‘ bitta qilinib, bir safar birinchi odam foyda oladi, ikkinchi safar ikkinchi odam foyda oladi.Bunga hamma rozi. Endi shariatni javobiga qarayapmiz. Qilmoqchi bo‘lgan ishimiz shar‘iymi? Oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Har safar ikkisiga foydani bir qilib beringlar. Ular hissasiga qarab bo‘lib olishsin. Bir unga, bir bunga bo‘lsa, oz ko‘p bo‘lib, keyin nizo chiqadi.

27 May 2022, 04:14 | Savol-javoblar | 202 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar