Makka va Madinaga vabo kira olmaydimi

Assalomu alaykum! Bir xadis eshitgan edim kimdan eshitganimni eslolmaganim uchun shu xadismi yoki to‘qima gapmi? "Makka va madinaga vabo kira olmaydi" deyishgan edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hadis sahih hadis bo‘lib, u Imom Buxoriyning “Sahih”larida kelgan. حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نُعَيْمِ بْنِ عَبْدِ اللهِ الْمُجْمِرِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: عَلَى أَنْقَابِ الْمَدِينَةِ مَلَائِكَةٌ، لَا يَدْخُلُهَا الطَّاعُونُ وَلَا الدَّجَّالُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Madinaga kirish yo‘llarida farishtalar bor. Unga o‘lat ham, dajjol ham kira olmaydi», dedilar».حَدَّثَنِي يَحْيَى بْنُ مُوسَى، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ هَارُونَ، أَخْبَرَنَا شُعْبَةُ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الْمَدِينَةُ يَأْتِيهَا الدَّجَّالُ، فَيَجِدُ الْمَلَائِكَةَ يَحْرُسُونَهَا، فَلَا يَقْرَبُهَا الدَّجَّالُ - قَالَ - وَلَا الطَّاعُونُ، إِنْ شَاءَ اللهُ Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Madinaga dajjol kelib, uni farishtalar qo‘riqlayotganini ko‘radi. Dajjol unga yaqin bora olmaydi. Inshaalloh, o‘lat ham!» dedilar». (Oltin silsila kitobidan ""Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:11 | Savol-javoblar | 154 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar