Namoz o‘qimaydigan nogiron

Assalomu alaykum! Nogiron odam nomoz o‘qolmasa yoki sog‘lik uchun ta’sir ko‘rsatsa, boshqa yo‘l bilan savob ish qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Alloh taolo hech kimni toqatidan tashqari ishga buyurmaydi. Namozda ham turib o‘qishga qodir bo‘lsa turib, qodir bo‘lmasa o‘tirib, yana qodir bo‘lmasa yotib ishora qilib o‘qishi shart. O‘sha ishorasi ham tik turib o‘qiganlarning savobi bilan bir xil bo‘ladi. Balki undan ham afzalroq bo‘ladi. Chunki shu holatida ham Allohning farzini ado qilgan bo‘ladi. Hatto qiyomat kuni bo‘lganda ularni sog‘lomlarga ibrat qilib ko‘rsatiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:37 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar