"qazo namozlari hapida"

ALHAMDU LILLAHI ROBBIL A‘LAMIYN, VASSOLATI VASSALAMU A‘LA HOYRI HOLQIHI MUHAMMAD!ASSALAMU A‘LAYKUM VAR ROHMATULLOHI VAL BAROKATUH!BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM!Alloh diniga yordam berayotganlarga yordam, unga qarsh bo‘layotganlarga o‘zi kifoya bo‘lsin!Muhtaram SHAYH hazratlari, qilayotgan mehnatlaringiz, etkazayotgan ilmingiz va bevosita berayotgan javoblaringiz uchun alloh martabangizni foniy va boqiy dunyolarda ulug‘ qilsin!SAVOL: Javoblaringizni o‘qib, avvalgi va keyingi farz namozlarning qazolarini o‘qishda, agar ular 4 rakatli bo‘lsalar, 3- va 4- rakatlarda ham zam sura o‘qilsin degan manodagi javoblaringizni topib qoldim(agar noto‘g‘ri tushungan bo‘lsam uzr so‘rayman, fahmsizlikdan). Men qazo namozlarni huddi ado namozlaridek 3- va 4- rakatlarda zam surasiz o‘qib kelayotgan edim, shu o‘qishim to‘g‘rimi edimi? 2) agar to‘g‘ri bo‘lmasa shuncha qazo namozim naflga aylanib ketmaydimi?3) Hazrat iltimos allohdan gunohlarimizni mag‘firat qilishini va ularni tark etishimiz uchun o‘zidan madad va iroda berishini so‘rab duo qilib qo‘ying!Javoblaringiz uchun tashakkur! VASOLLOLLOHI TA‘ALA A‘LA SAYYIDINA MUHAMMAD, VALHAMDU LILLAHI ROBBIL A‘LAMIYN!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Avvalga qazo o‘qishingiz ham to‘g‘ri. Ba’zi ulamolar qaysi va qachongi qazoni o‘qiyotgani aniq bo‘lmasa, 3-4- rak’atlarda ham zam sura qilsa yaxshi bo‘ladi, deganlar.2. Alloh barchamizning gunohlarimizni mag‘firat qilsin!

27 May 2022, 04:32 | Savol-javoblar | 145 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar