Er va xotin taloqdan so‘ng
Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Mani turmushim bo‘lmadi. Sababi farzand edi. Ikkimiz bir birimizni 6 yil ardoklab yashadik sabr kilib kutdik, bulmadi. Bormagan joyimiz qolmadi. Xammasini gapi bir xil edi. Ering bepusht. Man o‘zimi onajonimdan xam qaynonamdan xam buni 3 yil yashirdim. Lekin bir kuni qaynonam uyizga borib davolanib keling deb aytila, man onam bilan duxtirga borib erimni va o‘zimi taxlil natijalarimizni olib borgandim. Duxtir onamni oldilarda sirimizni aytib qo‘ydi. Onamni yoshlari 65da man kenja farzandman, buni bilganlardan keyin onamni toblari ko‘p marotaba ko‘chadgan bo‘lib qoldi. Oxiri aytdilarki qizim mani bu dunyoga bog‘lab qo‘ymagan man xam farzandli bo‘lishingni xoxliman. Odamlani xar-xil gaplari uydagilani muomilasi mani jon-jonimdan o‘tib ketgandi. Bir tarafda erim, bir tarafda esa onam. Man istixora qilib, natijasidan so‘ng, ajrashishga qaror qildim. Ajrashaman javobimni bering deb erimga aytganimda xar safar unamas edila, oxiri{ Alloh kechirsin} Kalomulloxni o‘rtaga qo‘yib, vada bering, manga shu 3 oyda bolamiz bo‘lmasa man uydan chiqib ketaman deb aytim, ular noiloj rozi bo‘ldilar, 3 oy xam to‘ldi. Qanchalik qiyin bo‘lmasin man u uydan chiqib ketishim kerak edi. Bo‘lmasa va’damizda turmasak ikkimizga xam aziyat etishidan qo‘rqdim. Erim va qaynonam bola asrab olishga xam ko‘nishmadi, oxiri man majbur bo‘ldim. Allohni kalomini o‘rtaga qo‘yishga. Man gunoxkor bo‘lmadimmikan deb qo‘rqyabman. Xato qilmadimmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz talog‘ingizni olib va iddangizni chiqarib boshqa turmush quring. Hech ham xato qilmagansiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:16 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz talog‘ingizni olib va iddangizni chiqarib boshqa turmush quring. Hech ham xato qilmagansiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:16 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush