Qazo namozi vaqtlari

Assalomu alaykum! Fazilatli Shayx Hazratlaridan duo olib Alloh taoloni izni bilan qazo namozlarimni boshlagan edim. Shayx Hazratlari bir javobda "Asrdan keyin nafl namoz o‘qib bo‘lmaydi" deb javob bergan ekanlar. “Fiqh.uz”dan iqtibos "Quyosh chiqayotganda, qiyomga kelganda va botayotganda qazo namozi o‘qilmaydi. Bundan boshqa barcha vaqtlarda qazo namoz o‘qish mumkin. Vallohu a’lam" Men quyoshga qarab albatta bu vaqtlarni qachon ekanligini ya’ni soat necha ekanini bilmayman. Savolim Asr namozidan keyin nafl o‘qib bo‘lmasa, qazo o‘qisa bo‘ladimi? Chunki bu payt, ham juda qulay, ham ancha vaqt borda. Javob uchun oldindan ming bor rahmat. Ilmsizligim va vaqtingizni olganim uchun kechiringlar.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Asrdan keyin shomgacha ikki vaqt bo‘lib, birida qazo o‘qish makruhsiz ado bo‘ladi. Bu Asrni o‘qligandan to quyoshga qaraganingizda ko‘zni olmaydigan darajada bo‘lgan vaqtdir. Buni  fiqhiy kitoblarimizda “isfirorurshshams” deyiladi. U vaqtda quyoshning nuri o‘z doirasining ichiga qaytgan vaqt bo‘ladi. Ikkinchisi makruh bo‘lgan vaqtdir. Ya’ni “isfirorurshshams”dan quyosh botay degungacha bo‘lgan vaqt. Bu vaqtni noqis vaqt deyiladi. Birinchi holatda qazo namozlarini o‘qish joiz. Ikkinchi vaqtda esa joiz emas. Lekin ikki vaqtda ham janoza hozir bo‘lsa o‘qisa va tilovati sajda sobit bo‘lsa qilsa bo‘ladi. Vallohu a’lam.

29 Aprel 2022, 03:13 | Savol-javoblar | 166 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar