Nima qilsa togri boladi
Assalomu Aleykum Wr. Wb. Muhtaram Shayh Hazratlari inson ozi ishongan, sevgan va qadirlagan insondan haddi sigib savol soraydi. Olloh ilmingizni yanada ziyoda qilsin. Agar sizga bergan savollarim sizni ranjitgan va ozor bergan bolsa sizdan uzur sorayman. Hazrat man ozim ham Imom Al Buhoriyning Hadislar toplamini Mutuola qilaman va Taloq va Nikohga oid bolgan bolimlarida men 3 taloqdan song Paygambarimiz Rasulluloh S. A. W. dan soralganda qayta nikoh oqitsa boladi deb aytganlarini uchratmadim. Savol- Hazrat siz dinimizning ustunlaridan birisisiz iltimos aytingchi Paygambarimiz Rasulluloh S. A. W. Hayotlari davomida 3 taloqdan song qayta nikohga fatvo berganmilar? Va bu qaysi kitobdan oqib organsam boladi? Chuqur hurmat va ehtirom bilan javobingizni kutaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Maqtovga hojat yo‘q. Abu Sohba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «U kishi Ibn Abbos roziyallohu anhuga Nabiy sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr davrlari va Umarning amirligidan uch yilda uch taloq bitta qilinganini bilasanmi?» dedi. Shunda Ibn Abbos: «Ha», dedi.Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam va Abu Bakr davrlarida va Umarning xalifaligining ikki yilida uch taloq bittaga o‘tar edi. Keyin Umar ibn Xattob: «Odamlar o‘zlari shoshilishlari kerak bo‘l-magan narsada shoshilishib qoldilar. Agar uni o‘tadigan qilib qo‘ysak, qandoq bo‘lar ekan», dedi va o‘tadigan qilib qo‘ydi». Muslim, Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilishgan.Ushbu rivoyatda «agar er xotiniga sen uch taloqsan, desa yoki taloq qildim, taloq qildim, taloq qildim, deb uch marta aytsa, uch taloq tushadimi yoki bir taloqmi?» degan savol ustida ketmoqda.Ko‘rinib turibdiki, avval bir joyda bir yo‘la uch taloq qilish bir taloq o‘rniga o‘tgan. Ammo Hazrati Umar roziyallohu anhuning davrlarida odamlar bu ishni suiste’mol qilib yuborganlaridan keyin bir lafz bilan uch taloq qo‘ysa, uch taloq tushadi, degan hukm chiqqan.Jumhuri ulamolar, jumladan, to‘rt mazhab fuqaholari ham bir lafz bilan aytilgan uch taloq uch taloq hisoblanadi, bunday holda eru xotin ajrashadi, qayta yarashish imkoniga ega bo‘lmaydilar, deyishgan.Ba’zi sahoba va tobeinlar, shuningdek, Molikiy va Hanbaliy mazhablarining ba’zi ulamolari bir lafz bilan uch taloq qilinganda faqat bir taloq tushadi, deganlar. Dalil va hujjatlarni solishtirib, surishtirgan ulamolarning ko‘plari jumhur va to‘rt mazhabning qavli kuchli ekaniga ishonch hosil qilganlar.
27 May 2022, 04:37 | Savol-javoblar | 175 | Oila va turmush