Elektron kitoblar
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men oldin telegramda ingliz tilini o‘rgatadigan bir kanal kitoblar tashlab turar edim. Shulardan ba’zilarini yuklab olganman, bepul hamma kanal a’zolari uchun yuborilgan. Lekin yaqinda shu kitoblardan birini pulli sotilayotganini ko‘rib qoldim. Menimcha kitob juda foydaliligi uchun muallifi sotayotgan bo‘lsa kerak. Shu holda men nima qilishim to‘g‘ri bo‘ladi? Manga bu kitob halol bo‘lib qolaveradimi? 2). Hozirda elektron kitoblar juda ko‘p, ularning ko‘pini asl qog‘oz varianti yo‘q yoki topish qiyin. Ularni o‘zim uchun faqat o‘qigani qog‘ozga chiqartirib olsam bo‘ladimi? Muallifi nashriyot hamma narsa ko‘rsatilgan faqat men qog‘ozga chiqarib olaman, sotish uchun emas. Inshaallah.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Kitoblarni tajorat qilish maqsadida ko‘paytirish joiz emas. Bir kishi o‘zi sotib olgan kitobini oydalanish uchun boshqalarga berishda hech qanday zarar yo‘q. Ayni shunday holatda muallifning man qilishi e’tiborga olinmaydi.
2). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 10:13 | Savol-javoblar | 143 | Ta’lim va muta’allim