ILTIMOS, MASLAHAT BERING
, Hazrat, men talabaman. 3-para 12:30 da boshlanib, 14:50 da tugaydi va 10 minut tanaffus keyin 4-para boshlanib 15:20da tugaydi. Bunday vaqtda peshinni hatto imo bilan o‘qishga ham iloj yo‘q, juma namozi ham shunday. Bu vaziyatda o‘qishga jo‘nab ketishdan oldin (soat 8 larda ) peshinni oldindan o‘qib olsa bo‘ladimi? Menimcha qazo qilib, gunoh orttirib qazosini o‘qigandan ko‘ra shu yo‘l ma‘qulroq bo‘lsa kerak. Qolaversa, dinimizda namozni vaqtidan kechiktirib o‘qish taqiqlangan, ammo shu vaqtgacha namozni oldindan o‘qib olish gunoh degan narsani uchratmadim. Bu albatta vaqtincha, kunlar uzaygandan keyin hammasi izga tushib ketadi, inshaolloh. Biz tolibi ilmlarni duo qiling hazrat, toki dinni ham dunyoni ham birdek tutaylik. ALLOH rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Namoz vaqti belgilangan ibodat. Uni vaqtidan oldin o‘qib bo‘lmaydi. Siz Allohdan chin dildan so‘rab harakat qiling imkoni topiladi.
27 May 2022, 04:54 | Savol-javoblar | 173 | Namoz