Shayh hazratlariga savollar

Assalomu alaykum, Shayh hazratlari! Sizga bir nechta savollarim bor edi.1. Qo‘shnilar o‘rtasida har xil odi berdilar bo‘lib turadi. Masalan uyda biror narsa tugagan bolsa qo‘shnidan olib turiladi. Keyinchalik qaytarib bersa ribo bo‘lib qolmaydimi? Ko‘pincha qaytarib berayotganimizda kerak emas deyishadi biz ham kerak bo‘las olib turamiz-ku deb olishmaydi.2. Doimiy ravishda namozlarida Ihlos surasini zam qilish va boshqalarni ham shunga targ‘ib etish to‘grimi?3. Namoz 2,3 yoki 4 rakatli namoz bo‘lsa har bir rakatiga bir surani zam qilsa bo‘ladimi?4. Bir kishi birodari hojatini bilib, unga yordam bersa evaziga yordam bergani uchun pul talab qilayotgan bo‘sa pul berayotgan odam gunohkor bolib qolmaydimi? Birodarichi?5. Masjid va boshqa jaylarda ma‘ruza bo‘layotgan bo‘lsa ovoz yozib olinadigan maslamalar orqali ruxsatsiz yozib olsa bo‘ladimi? Agar savol javob bo‘layotgan bo‘lsa savol beruvchi mavzuni keyinchalik yaxshilab o‘rganib chiqish uchun bo‘lsachi?6. Radioda savolli o‘yinlar bo‘lib turadi . Shu o‘yinlar yutuqli bo‘lsa yutib olsa bo‘ladimi? Radioga telfon qilish pulli bo‘lsa qimor bo‘lib qolmaydimi?7. Tanishimga ishlatib turish uchun o‘zimni narsamni qarzga berib turgan edim. U menga boshqa kerakli narsani bermoqch qanday olsam to‘g‘ri bo‘ladi? Iloji bo‘lsa to‘laroq javob bersangiz8. Kantrakt pulini bank orqali to‘lasa kamroq to‘lanar ekan shunday qilsa bo‘ladimi?9. Riboga o‘xshaydiyu, lekin ribo emas shunday holatlar bormi? Shular haqida ma‘limot bersangiz.10. Imom Hofiz, Shamsuddin Zahabiyning Gunohi kabiralar kitobida 90-betida Sudxo‘rlikni 72 ta turi haqida o‘qib qoldim, bir kitobda Ribo 2 xil bo‘ladi 1.Nasiya ribosi 2. Savdo ribosi haqida o‘qigandim. Shu masalani oydinlashtirib bersangiz. Tushunmay qoldim.11. Bazorda narsa sotib olayotganda misol uchun piyoz sotuvchi piyozini 600 so‘mdan beraman desa oluvchi 600so‘mdan olaman faqat tanlab tanlab olaman desa sudxo‘rlik bo‘ladimi?12. Nasiya savdosida muddati ko‘rsatilmagan savdo sudxo‘rlikmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Ribo bo‘lmaydi. Olishmasa, yaxshi.2. To‘g‘ri emas.3. Bo‘ladi. Ammo turli bo‘lgani yaxshi.4. Ikkisi ham gunohkor bo‘lmaydi.5. Ruxsatsiz bo‘lmaydi.6. Bo‘lib qoladi.7. Ikki tarafa rozi bo‘lsa, bo‘ldi.8. Bo‘ladi.9. Unaqa gap yo‘q.10. Buni Zahabiydan so‘rang.11. Piyozfurush rozi bo‘lsa, bo‘lmaydi.12. Noto‘g‘ri.

27 May 2022, 05:36 | Savol-javoblar | 174 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar