Alloh saqlasin Zinodan qo‘rqaman
Assalomu alaykum ustoz Sizdan bir iltimosim bor menga yordam bering. hikoyam shundan iborat ilk maktabni bitirgan kezlarim bir qiz bilan tanishdim u guzal va uziga ishongan edi, birga ancha yillar oqibatimiz (muhabbatimiz) uzilmadi . asl boshidan hatoim jamiyatimizning og‘ir yaralaridan biri bo‘lgan va hozirda uzining yuqori cho‘qqilariga etayotgan "Sevishish modasi" -bemoriga- aylangandim, ushbu hato qilmishim hozirda baloga aylandi. Vaqti kelib yahshi insonlar safiga qo‘shilib bu yo‘llardan qaytdim yoshlikda qilgan hatolarim hozir o‘z "mevasini" bermoqda, qisqasi taqdirga binoan oilalarimiz bir-biriga mos kelmay boshqa qizga uylanib oila qurdim u qiz ham turmushga chiqdi, hammasi tugaganidan bir hisobda hursand edim ammo nikohidan bir oy o‘tar-o‘tmas menga tinchlik bermay qo‘ydi, yo‘llarimda kutib turadigan, qo‘ng‘iroq qilib tinchlik bermaydigan hatto ishhonamgacha kelib korishib turishni ochiq taklif qiladigan darajagacha bordi. Alloh saqlasin Payga‘mbarimiz Muhammad S.A.V.ning "Qo‘shnining ayoli bilan zino qilmanglar va allohga shirk keltirmanlar bu kechirilmas gunohlardan" degan hadislarini birovdan eshitgan kunimdan boshlab shunga amal qilaman. Hozirda katta idoraning rahbariman men insonlar oldidagi hurmatim to‘kilishidan qo‘rqmayman, u ayol hozirda ochiq zino qilishni taklif etishgacha keldi, qanday chora ko‘rishni bilmay qoldim, ayolni eriga aytsam oilasi buzilib ketadi va qizni oilasi ham sharmanda bo‘ladi, yoshlikda qilgan bir hatoim tufayli shu savdoga kelib qoldim menga yo‘l ko‘rsating hazrat Alloh Sizdan rozi bo‘lsin, javobingizni zorlik ila kutaman Assalomu Alaykum...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qat’iyyat bilan turing. U bilan ko‘rishmaslik choralarini ko‘ring. Allohdan bu balodan qutqarishini so‘rab duolar qiling. Unga tasir ko‘rsatish choralarini ko‘ring.
27 May 2022, 05:36 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qat’iyyat bilan turing. U bilan ko‘rishmaslik choralarini ko‘ring. Allohdan bu balodan qutqarishini so‘rab duolar qiling. Unga tasir ko‘rsatish choralarini ko‘ring.
27 May 2022, 05:36 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush