Onam rozi bo‘lmasalar ham namozga uyg‘otisam
Assalomu alaykum! Insha Alloh 5 vaqt namoz o‘qib savobli ishlar qilishni oldimga maqsad qilib qo‘yganman. Savolim shundan iboratki onamni namozga uyg‘otib birgalikda ikkimiz ikki xonada namoz o‘qiymiz. Onamning so‘zlaridan juda xafa bo‘laman, endi meni namozga uyg‘otma o‘zing o‘qiyver deb aytadilar. Allohning g‘azabidan qorqing desam menga aql o‘rgatma, kecha o‘rganib bugun menga aql o‘rgatasan deydi. Onalar oyog‘i ostidadir jannat, eng avvalo onamga yaxshilik qilay desam onam menga shunday deydi. Uyg‘otishim to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sekin uyg‘otavering, aslo aslo qo‘pollik qilmang. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sekin uyg‘otavering, aslo aslo qo‘pollik qilmang. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 152 | Namoz