ramazan ro‘zasi
Assalomu alaykum shayx xazratlari bu fikirga oydinlik kiritib bersangiz :Aslida din ishlarida tortishib bo‘lmaydi lekin bir inson bir kuni menga shunday dedinamozni o‘qiyapsan ro‘zani tutayapsan lekin aslida ramazon ro‘zasini tutishni olloh nima sababdan farz qilganini bilmaysan dedi men bilganimni aydim lekin uyo‘q dedida SHUNDAY JAVOB BERDIYER YUZIGA QURONI KARIM TUSHIRILGANINI XURMATIDAN RO‘ZA FARZ QILINGAN DEDI.bu fikir qanchalar to‘g‘ri ekanligini javobini zikir axlidan so‘rab qolamiz xurmat va extirom ila
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
U odamning gapi noto‘g‘ri. Hozir unga o‘xshagan kishilar ko‘payib ketgan. Ro‘za tutish Allohning amri. Alloh taolo Qur’oni Karimda buyurgan. Rasululloh alayhissalom hadisda buyurganlar. Islom ummati ijmo’ qilgan.Ramazon oyi ro‘zasini tutish Qur’on, sunnat va ijmo’ bilan sobit bo‘lgandir.Allloh taolo «Baqara» surasida:«Ey iymon keltirganlar, sizlarga ham, xuddi sizdan oldin o‘tganlarga farz qilinganidek ro‘za farz qilindi, shoyadki taqvo qilsangiz», degan.Va yana: «Ramazon oyini, unda Qur’on odamlar uchun hidoyat bilan, hidoyatdan bayonotlar va Furqon bo‘lib tushirilgandir. Kim o‘sha oyda hozir bo‘lsa, bas ro‘zasini tutsin», degan.Shuningdek, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam o‘zlarining muborak hadislarida ro‘zaning farz ekanini ko‘p takrorlaganlar.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizga muborak Ramazon oyi keldi. Alloh azza va jalla sizga uning ro‘zasini tutmoqni farz qildi. Unda osmonlarning eshiklari ochilur. Unda Jahannamning eshiklari yopilur. Unda o‘zboshimcha Shaytonlar kishanlanur. Unda Allohning bir kechasi bo‘lib, u ming kechadan yaxshidir. Kim u kechaning yaxshiligidan mahrum bo‘lsa, batahqiq, mahrum bo‘libdi», dedilar». Nasaiy va Bayhaqiy rivoyat qilganlar.Islom ummmati doimo Ramazon ro‘zasi farz ekaniga ittifoq qilib kelgan.
27 May 2022, 05:38 | Savol-javoblar | 174 | Ro‘za