O‘g‘il bolalarga rangli kiyim kiyish joizmi?

Assalomu alaykum! Qaerdadir erkak kishiga sariq, qizil rangdagi va shoyi matodan kiyim kiyib bo‘lmaydi, deb o‘qigandim yoki eshitgandim.  O‘g‘lim 2 yarim yosh, hali yosh bolayu deb ko‘zimga yoqqan rangli kiyimni olib kiydirdim. Ularning orasida sarig‘i ham, qizili ham bor. Savolim shuki, haqiqatdan ham yuqorida (eshitganlarimni) yozganlarim to‘g‘rimi? O‘g‘il bola yoshining ahamiyati bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Erkaklarga xoh u katta bo‘lsin, xoh kichik, qizil kiyim kiyish afzal emas. Ipak kiyim harom. Sariq joiz. Za’faron surtilganlari esa joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:15 | Savol-javoblar | 176 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar