Alloh-ning sifatlari
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.Hurmatli ustoz,"Sunniy aqiydalar"kitobining 125-betidagi Alloh taoloning “Qudrat”sifati hamda,126-betdagi”Iroda”sifatlarining sharhida”bu sifati ila mumkin narsalarni ijod qiladi,yo’q qiladi yoki o’zgartiradi”deyilgan.Meni,Alloh taolo uchun qanday nomumkin narsa bor ekan?degan savol qiynayapti,boshqa kitoblardaham shu ma’nolar bor.Hozir men Alloh taoloning nazdidagidaman!Alloh taolo rozi bo’lsin sizdan ustoz,o’sha”mumkin,nomumkin”larni batafsil,hissiy ma’noda tushuntirsangiz.(men28yoshdaman)Jon ustoz!Kalom ilmini mukammal o’rgatuvchi joy haqida maslahat bering,buyursangiz qilsam,ko’rsatsangiz borsam?Inshoalloh.Jon ustoz,Alloh taologa duo qiling,Rabbim meni ham imom Moturidiy(r.a.)kabi”Ilmi kalom”bo’yicha Islomga,xolis Alloh uchun hizmat qiladigan bandalaridan qilsin.Omin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu erdagi “Mumkin narsalar”dan murod maxluqotlardir. Bu ilmda bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin bo‘lgan narsalarni mumkinul vujud deyiladi. Bo‘lishi vojib, bo‘lmasligi mumkin emas Zot – yahni, Alloh taoloni vojibul vujud deyiladi. Ilmi kalomni o‘rgatadigan joyni sizga aytish imkonim yo‘q.
27 May 2022, 05:43 | Savol-javoblar | 152 | Aqiyda