Talaba va Domla

Assalomu alaykum hurmatli Shayh Hazratlari,Alloh bu qilayotgan ishlaringizga ajrlar bersin.Hazrat , ko‘pchilik talabalar fanlaridan baho olish uchun domlalarga pul(pora) berishadi. Talabalarning stipendiyasi ham shu baholarga qarab chiqadi,qancha yaxshi baho bo‘lsa stipendiya ham shunga qarab oshib boradi.Savolim shuki, domlalarga baho uchun pul bergan talabaning olgan stipendiyasi halolmi yoki harom?Savolim qo‘pol yoki , noo‘rin bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman. Javob uchun raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Pora berish va olish gunoh. Gunohdan topilgan daromad qanday bo‘lishini hamma biladi.

27 May 2022, 05:45 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar