Jannatdagi vasila makoni haqida

Assalomu alaykum! Man ijtimoiy tarmoqda bir rivoyat o‘qib qoldim. Shu xaqida tushuncha omoqchi edim. Abdullox ibn Amr ibn Oss roziyalloxu anxumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni: qachon muazzinning azon aytayotganini eshitsanglar, u aytganidek aytinglar. So‘ngra menga salovat yo‘llanglar. Kim menga bitta salovot aytsa, Alloh unga o‘nta salovot aytadi. Keyin menga Allohdan vasilani so‘ranglar. U jannatdagi bir makondir. U makon Allohning bandalaridan bittasiga nasib etadi. O‘sha banda men bo‘lishimga umid qilaman. Kim menga vasila so‘rasa, unga shafoatim nasib etadi – deganlarini eshitdim. Imom Muslim rivoyatlari. O‘sha makon xaqida tushuncha olmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hadisda o‘shanchasi kelgan xolos. Qanday maqomligini Alloh taolo O‘zi biladi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 02:02 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar