Tijoratdagi moldan beriladigan zakot

Assalomu alaykum! Avtomobil va Traktor ehtiyot qismlari sotish bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar zakotni qanday qilib berishlari kerak? Iltimos batafsilroq tushuntirib beringlar. Masalan, bir oylik pul aylanmasi 100 million so‘m atrofida bo‘lsin.
2). 10 yil mobaynida zakot bermagan insonlar, qay tartibda zakot berishlari kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ehtiyot qismlarni kelib tushgan narxi ham emas, kelajakda sotilishi mumkin bo‘lgan narx ham emas, ayni zakot chiqaradigan kunida sotsa necha pulga kirishi mumkin bo‘lsa, o‘sha narxni hisoblab zakot chiqariladi. 2). Taxminan hisoblab o‘sha yillarda necha pulga qodir bo‘lgan bo‘lsa, o‘shandan qirqdan birini beradi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 15:47 | Savol-javoblar | 184 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar