Imom ABu Xomid G‘azzoliyning Talimotlari haqida tushuncha bersangiz

Assalomu alaykum muhtaram Shayx Muxammad Sodiq Hazratlari. axvollaringiz yaxshimi. Sizga murojat qilishimizning boisi. Imom Abu Xomid G‘azzolining talimotlri haqida bizlarga tushunsha bersangisiz. Bu savolni so’rashimning boisi. U kish qalb sofligiga oid mulohazalari bilan qalbning nozik torlarini shunday chertib tashlaganlarki. Hozirda qalbning bu darajasini to’pish o’zimdan ham boshqalardan ham amri mahol bo’lib qolayapti. G‘azzolining talimotlarini o’qiganimdan keyin men ixlos va qalbning sofligi deb yurgan ishlarimni bir qanchasini makru hiylaligini angladim aniqrog‘i gumonga borib qoldim. Hatto men huzurlanib o’qiyapman deyotgan namozimda ham hiylalar bor ekan. Ochig‘ini aytsam men qalbni juda qiynab qo’ydim va xozir ibodatlarni birortasini qilolmayapman. Chunki imom Ga’zzoliy muloxazalaridan shuni ko’ramanki men o’ylayotgan fikrlarimni ko’pini menga shayton olib keladi, agarda bunga qarshi biron fikr bilan o’zimni engsam, shayton bu yoling ham noto’g‘ri deydi, agar bu yoldan boshqasiga o’tsam, shayton yana boshqa tomondan keladi. Hulas ibodatga oid qilayotgan ishlarimda, o’ylayotgan fikrlarimda va tutayotgan yo’limda o’zimni 99%-ga adashayapman degan gumonlarga borib qolganman.Imom G‘azzoliyning manabu so’zlari bilan ham ancha muncha omi xususan menkabi insonni ongi zaharlanishi mumkin. Iqtibos: <<Xolatiga ko’ra xar bir inson jiddu jaxt ba riyozat yo’li farqlanadi. Eng asosiysi, duyyoga hursand bo’lish tuyg‘usidan qutulushdir. Kishi mol-dunyosiga mansab martabasiga quvonadi. Pand nasihatimni olishyapti, xukmum va boshqaruvim joriy bo’lyapti, ko’pchilik menga ergashayapti, deb izzatiga quvonadi. Avvalo, mana shu quvonchni uyg‘otadigan narsalarni tark qilish lozim. Agarda unga: bunday quvunchlardan kech, ulardan kechishing bilan o’xiratdagi savobing kamaymaydi, desang, og‘rinadi. Demak, bu kishi dunyo hayotiga shud-xurram bo’lyapti, undan qalbi orom topayapti, bu o’ta xatarlidir.>><<Eng asosiysi, duyyoga hursand bo’lish tuyg‘usidan qutulushdir. Nima budunyoda hursand bo’lishlik gunoh xisoblanadimi.>> <<Kishi mol-dunyosiga mansab martabasiga quvonadi. Pand nasihatimni olishyapti, xukmum va boshqaruvim joriy bo’lyapti, ko’pchilik menga ergashayapti, deb izzatiga quvonadi. Avvalo, mana shu quvonchni uyg‘otadigan narsalarni tark qilish lozim.>> Bu dunyoni chinakamiga tark qilish yani, o’lib qoya qolish degani emasmi. Aynan manashu so’zlar tasirida xozirda ish idoramda boshliqlarimga nisbatan xurmatsizlik qilish, qalbidan kir axtarish, bu hastaliklari sababli ularga itoat qilmaslik tuyg‘ularini uyg‘otayapti. <<Demak, bu kishi dunyo hayotiga shod-xurram bo’lyapti, undan qalbi orom topayapti, bu o’ta xatarlidir.>> Haqiqattan ham bu uning o’xiratiga hatarlidur. Lekin nima duyoda qalbning orom olishi, quvonib shodlanib yashash gunoh hisoblanadimi. Yoki doim maxzun yurush talab qilinadimi. Bunday qilmaganlarni ayibdor sanaladimi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam. O’zimning fikrim eng hatarlisi anashunday so’zlar tasirida zaharlanishi natijasida dindan sovishlik va ibodatlarga befarq bo’lib qolish deb hisoblayman. Agarda Abu Xomid G‘azzoliyni tanqid qilishni o’shirib yuborgan bo’lsam Alloh kechirsin. Axir xujjatul Islom bo’lgan zot, agarda Muhhammaddan keyin yana payg‘ambar kelishi mumkin bo’lganda bu G‘azzoliy bo’lar edi deb tariflangan zotni haqlarida yomon fikr yurutishga haqqim yoq edi. Ammo u kishini talimotlari ko’proq qanday kishilarga mo’ljallangan. olimlargami yo oddiy kishilargami shular haqida tushuncha bersangiz. Biz Imom G‘azzoliyni buyuk zot ekanliklari uchun ularni harbir fikrlarini aniq qabul qilamaz, Abu Xomid G‘azzoliyning ham bazi o’rinlarda boshqa olimlar tmonidan tanqidlar bo’lganmi. Biz o’quvchilar Imom G‘azzoliyning talimotlaridan qanday foydalanishimiz va tushuncha olishimiz kerak. Shular haqida tushunsha bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bir qancha ma’lumotlarni berganmiz. Topib o‘qing. Biz har odamga alohida ma’lumot berishga qodir emasmiz.

27 May 2022, 05:47 | Savol-javoblar | 156 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar