Shubhali va halol bo‘lmagan molni sotish va sotib olish

Assalomu alaykum muhtaram ustoz! Sizga savol bilan murojaat qilishga ruxsat bergaysiz:O‘g‘irlangan, g‘asb qilib olingan va shunga o‘xshash noshar’iy yo‘l bilan topilgan mol, buyum, kiyim-kechak va tijorat mahsulotlarini sotish va sotib olish masalasi fiqh kitoblarimizda qanday bayon qilingan. Misol uchun bir kishi bilmasdan o‘g‘irlangan yoki musodara qilingan buyumni sotib olsa, keyin uni noshar’iy yo‘l bilan egallab, sotilganligi ma’lum bo‘lsa, u kishi qanday ish tutishi kerak? O‘g‘irlatgan yoki jabrdiyda kishini tanimaydi. Shunday paytlarda qanday yo‘l tutiladi? O‘sha buyum yoki molni sadaqa qilish kerakmi? Muhtoj bo‘lmagan biror aka-uka, opa-singil yoki qarindoshiga savob umid qilmay, hadya qilib yuborsa durust bo‘ladimi? Iltimos mana shu masalada tushuntirish berib o‘tsangiz.Javob va e’tiboringiz uchun tashakkur!Salom va duolar bilan g‘oyibona talabangiz Umidjon Tursinov, Namangan viloyati, Chust shahri.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday narsalarni o‘ta kambag‘al kishilarga beriladi.

4 May 2022, 01:30 | Savol-javoblar | 179 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar