Mo‘g‘ul iste’losiga ishora hadislar xususida
Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari.Muhtaram Shayx hazratlari, sizga va ahlingizga Allohning salomlari bo‘lsin.Hozirda Al-Hafiz ibn Kasir rahmatullohi alayhning "Bidoyatun Nihoya" asarining inglizcha mutolaasi bilan bandman. Unda oxirzamonda sodir bo‘lishi kutiladigan qator hodisalar xususidagi qator hadislar alohida bir bobga jamlangan. Ana shu bobdagi hadislardan birini e’tiboringizga havola etyapman(hadis matnlarini ingliz tilidan o‘giryapman,sahvlar uchun ma’zur ko‘rgaysiz):Abu Huraira roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vassalamdan rivoyat qildilar."Rasululloh sollallohu alayhi vassalam dedilar:"Toki poyafzallari teridan to‘qilgan xalqlar va yuzlari qalqonga o‘xshovchi, kichik burunli, qizil yuzli va qisiq ko‘z turklar bilan muhoraba qilmaguningizcha Qiyomat bo‘lmaydi… Ular boshqa toifa odamlardir.(ularning kelib,chiqishi, tillari umuman boshqa). Ularning johiliyatdagi eng yaxshisi Islomda eng yaxshisidir. Boshingizga yana shunday kun keladiki, u zamonda har biringiz uchun meni ko‘rish ikki barobar g‘animat toplash va ahli ayol orttirishdan ham afzal bo‘lib qoladi. "(Imom Buxoriy).Yana Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar, Rasululloh sollalohu alayhi vassalam dedilar: "To Xor va Kirmon bilan-qizil yuzli, katta va to‘mtoq burunli, yuzi qalqonga o‘xshovchi, jundan to‘qilgan poyafzal kiyib yuruvchi ikki xorijiy xalqlar bilan to‘qnashmaguningizcha Qiyomat bo‘lmaydi."(imom Buxoriy).Amr ibn Salab Rasululloh sollallohu alayhi vassalamning shunday deganlarini eshitganini rivoyat qiladi: "Kattaligidan yuzi qalqonga o‘xshovchi xalqlar bilan muhoraba qilishingiz oxirzamon alomatlaridan biridir."(Ahmad rivoyati).Imom Buxoriy ham yuqoridagi hadisni Jarir ibni Haazimdan rivoyat qilgan.Yuqoridagi hadislarda zikr etilgan xalqlarni mo‘g‘ullar deb taxmin qilsa bo‘ladimi?Chunki fahmi ojizimcha, tarixdan olingan dalillarga asoslanilsa, ularning jismoniy ko‘rinishi va kiyinishlari yuqoridagi hadislarda kelgan ta’riflarga bir qadar mos keladi.Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh ishlaringizni o‘nglasin.Assalomu alaykum.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shunday taxminlar bor. Hattoki, mo‘g‘illarning g‘aroti paytida qiyomat qoim bo‘lishi yaqin qoldi deganlar ham bo‘lgan.
27 May 2022, 05:53 | Savol-javoblar | 194 | Hadislar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shunday taxminlar bor. Hattoki, mo‘g‘illarning g‘aroti paytida qiyomat qoim bo‘lishi yaqin qoldi deganlar ham bo‘lgan.
27 May 2022, 05:53 | Savol-javoblar | 194 | Hadislar