Inson Allohning zarrasidanmi?
Assalomu alaykum! Meni psixologim insonni Allohning zarrasidan yaralgan ekani haqida aytib o‘tdi, lekin bunga ishonishim qiyin, haqiqattan ham shundaymi? Axir Alloh insonni loydan yaratganku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu shirk. U psixolog bilan ishlamang. Har bir mamlakat mutaxassisi yoki o‘sha mamlakatlarda ta’lim olgan kishilar o‘sha mamlakatda keng tarqalgan dinga bog‘liq psixologiyani o‘rgatishadi. Masalan evropa xalqi tavrot va injilga bog‘lab, hindlar krishna, ram kabi o‘zlari to‘qib olgan ta’limotlariga asosan, xitoydagilar kanfusi ta’limotiga asoslanib o‘rgatishadi. Islom ulamolari Islom ta’limotiga asoslanib psixologiyadan ta’lim berishadi. Ular psixologiyani “Ilmunnafs” deb atashadi. Siz qaysi yurtda ta’lim olgan va qaysi dinga bog‘lab dars o‘tadigan kishida o‘qiysiz? Buni bilishingiz shart. Chunki Islom psixologiyasidan boshqa dinga bog‘lab psixologiya darslarini o‘tadiganlar juda ko‘p o‘rinlarda og‘izlarida shirk va kufr so‘zlar ham aytib yuborishmoqda. Psixologlar ham bizning xalqimizni aksar qism musulmon bo‘lgani uchun Islom aqiydasidan boxabar bo‘lishlari shart. Aks holda insonlarga manfaat etkazish bilan birga ulkan buzuq aqiydalarga bog‘lab qo‘yishlari mumkin. Oddiy misol yoga mashg‘uloti buddizm dinidagi Islom dinidagi namoz kabi ibodat hisoblanadi. Yogada badan harakati bilan birgalikda Allohdan boshqa kuchga sig‘inish degan narsa ham bor. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 166 | Ruhiy tarbiya