Sudxo‘rlik bo‘lmaydimi

Assalomu alaykum! Do‘stim bozorda oyoq-kiyim savdosi bilan shug‘ullanadi. Men uning oborodiga pul qo‘shib, lekin savdoda qatnashmay turib belgilangan miqdorda foydadan pul olsam bo‘ladimi? Albatta do‘stimni roziligi bilan. Bu savdoga tikkan pullarim va undan olayotgan pullarim menga xalol bo‘ladimi? Oldindan javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Belgilangan miqdorda olishingiz joiz emas. Foydani miqdoriga qarab 10 foizi 20 foizi kabi xohlagan kelishuvingizga qarab olishingiz mumkin. Buni shariatda muzoraba deyiladi. Har oy faloncha so‘mdan olaman deb tayin qilib qo‘ysangiz sudxo‘rlik bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:44 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar