Qurbonlik adadi

Assalomu alaykum! Bizning oila katta. Ota-onam, singlim, akam oilali 3 ta farzandli, men ham oilaliman 3 ta farzandim bor. Hammamiz birga yashaymiz, ro‘zg‘orimiz bir. Alhamdulillah zakot berishga qodirmiz oila byudjeti ham bitta dadamda turadi. Kelinoyimni 90-100g atrofida tilla taqinchoqlari bor (nisobga etgan), onamda va mening ayolimda har birlarida 50-60g atrofida tilla taqinchoqligi bor. Ayollar taqinchoqlarini deyarli hammasini navbat bilan taqadilar (ya’ni ishlatadilar). Biz bitta ro‘zg‘or bo‘lganimiz uchun qurbon hayitida bitta qurbonlik qilamiz. Aslida bizga nechta qurbonlik so‘yish vojib?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Har bir nisob egasi alohida-alohida qurbonlik qilish shart. Zakot ham shunday. Aks holda hadislardagi azobga duchor bo‘lib qolishlari mumkin. Qurbonlikni bitta qilinsa qoramol olsangizlar 7 kishi tarafidan ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:38 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar