Kristmas bayrami

Assalamu alaykum. Hazrat sizni dinimiz yo‘lida qilayotgan xayrli ishlaringizda Allohning o‘zi madadkor bo‘lsin.Hazrat men hozir aholisining ko‘p qismi nasoro din vakillari bo‘lgan yurtda yashayapman. Yaqinlashib kelayotgan ularni diniy bayrami bo‘lmish Kristmas bayramiga shu dindagi va birga ishlaydigon yaqinlarim meni ham taklif etishdi. Bayram kechasi shu oyning 11-sanasida bo‘ladi. Ular meni ham musulmon bayramlari bilan tabriklashgan edi.Shunday holatlarda bizning mazhabizga ko‘ra musulmon farzandi qanday yo‘l tutmog‘i durust bo‘ladi? Ya’ni bu bayram kechalariga borishlik va ularni bayramlari bilan qutlashlik kabi munosabatda bo‘lishligimizni shar’iy hukmi qanday?Sizga Allohni raxmati va ajrlarini so‘rab biz musofirlar xaqqiga ham duo qilishingizni so‘rab qolamiz.Assalamu alaykum.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hozirgi ulamolardan agar boshqa diyndagilar sizni tabriklashgan bo‘lsa, ularni ham tabriklashga ruxsat berganlari bor.

27 May 2022, 05:57 | Savol-javoblar | 223 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar