Jannat ahli ayollari

Assalomu alaykum! Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: “Sizlarga jannatiy ayollaringni xabarini beraymi? Erini suyadigan, ko‘p farzand ko‘radigan ayollardir. Agar ayol g‘azablansa yoki er tomonidan qiyinchilik kelsa, yoki eri g‘azablansa, ayol aytadi: “Qo‘lim sizning qo‘lingizda. Siz rozi bo‘lmaguningizgacha hech ham uxlamayman”Saxixut targ‘ib 1941.
Ustozlar savolim shundan iboratki bir domlani maruzasida jannat axli uxlamaydi deb eshitgan edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن جابر بن عبد الله سئل نبي الله فقيل : يا رسول الله ؛ أينام أهل الجنة ؟ فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم : النوم أخو الموت ، وأهل الجنة لا ينامون رواه الطبراني Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Nabiyulloh sollallohu alayhi vasallamdan savol qilinib : “Ey Allohning rasuli jannat ahli ham uxlaydimi” deyildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Uyqu o‘limning birodaridir, jannat ahli uxlamaydilar” dedilar. Tabaroniy rivoyati.  Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 14:05 | Savol-javoblar | 115 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar