xayotimda echim topa olmayapman
Assalomu alaykum shayx xazratlari.Allox sizdan rozi bulsin.Uylanganiga ikki yil buldi.Man uzim Kukondanman,Toshkentdan uylanganman.Ayolim juda kibr-xavoli.Shu ikki yil ichida ayolim bilan juda kup oramizda janjallar buldi.uch martta ketib koldi,borib olib keldim.Mana tukkiz oy buldiki ayolim dadamni sogligi chotok ekan deb,ota-onamdan bir xavftaga javob surab yana ketib kolgan.Bir xavfta utgandan sung man ayolimni olib ketish uchun borganimda,kaynotam uni Kukonga ketmasligini aytdi,uzidan surasam uzi xam turli xil baxonalar kilib ketmayman deb turib oldi.Jaxlim chikib yana janjanlashib ketdik.Oradan uch oy utdi,uzi telefon kildi.man unga yaxshi gap bilan tushuntirib,olib ketishimni aytdim.Ayolim rozi bulganday buldi.Uni olib ketishligi uchun mashina junatdim,mashina etib borganda rosa telefon kildim lekin kutarmadi.ikki kun telefon kildim,javob bulmadi.Yana jaxlim chikib "ertaga uzing Kukonga kelmasang xudo xakki sen bilan yashamayman"deb sms junatib yubordim.Oradan yana uch oy utdi,telefon kildi va ukishga kirganligini aytdi.Man unga kanday erni,kaynona-kaynotani roziligisiz ukishga kirganligini aytdim.Aytishi buyicha ukishi uch yil davom etarkan,ukishini bitirgandan keyin kelib yashar ekan.Shu vakt ichida man unga yomon gap gapirmadim.Man unga Kukonga kelib ota-onamdan uzr surab roziliglarini olib ketgin desam,man xech kanday ayb ish kilganim yuk nega uzr surayman deyapti.Ukishni deb oiladan voz kechyapti.Xullas ayolim mani,ota-onamni xurmat kilmayapti,erga itoat kilishni xoxlamayapti.Mani uzimda xam borgan sari xar xil gumonlar paydo bulib,ayolim bilan yashash foizim kamayib boryapti.Ota-onam ajrash,avval seni xurmat kilmagan,keyin xam xurmat kilmaydi,uylanishing kerak deyishyapti.Orada kiz farzandimiz bor.Shu tukkiz oy ichida Allox uzi adashtirmasin zino kilib kuyishdan kurkib yashadim.Shayx xazratlari kelajakda xato kilmaslik uchun manga bir echim yoki maslaxat bering iltimos,dinimda,oxiratimda va xayotimda xayrli bulsin.Sizdan iltimos ayolim xakkiga xam duo kilib kuying,Allox uni iymon,insof,etikodli va erga itoat kiladigan, oilam,uyim-joyim deydigan ayollardan kilsin.Oldindan javobingiz uchun minnatdorchilik bildiraman.Allox martabangizni yana xam ulug kilsin.Allox sizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh ayolingizga insof, tavfiq va siz tilagan narsalardan afzalini bersin! Albatta, echimni siz hal qilasiz. Bizning aytadiganimiz, oilani buzmaslikning barcha choralarini ko‘rish kerak. Imkoni qolmagandangina boshqa choraga o‘tiladi.
27 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh ayolingizga insof, tavfiq va siz tilagan narsalardan afzalini bersin! Albatta, echimni siz hal qilasiz. Bizning aytadiganimiz, oilani buzmaslikning barcha choralarini ko‘rish kerak. Imkoni qolmagandangina boshqa choraga o‘tiladi.
27 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush