Bir luqmada ikki xurmo emaslik haqidagi hadis
Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari.Hazrat Imom Navaviyning Al Azkor kitoblarida kelgan (Al Azkor 2 qism, 34 sahifa, 573/2 hadis) hadisni keltiraman:Ibn Zubayr bilan yashaganimizda bizga ochlik etdi. So‘ngra rizqlandik, Egulik tanovvul qlayotganimizda oldimizdan Abdulloh ibn Umar o‘tib "Bir luqmada ikki xurmo emanglar, chunki Rasullulloh sollallohu alayhi vassalam ana shunday qilishdan qaytarganlar. Faqat birodaringiz izn bersa joiz deganlar." Muttafaqun alayh.Shu hadisni sharhlab bersangiz.Vassalamu alaykum va rohmatulloh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam toki sohiblaridan izn so‘ramaguncha ikki xurmoni bir-biriga qo‘shishdan qaytardilar».Beshovlari rivoyat qilganlar.Bu hadisi sharifda zikr qilinayotgan holat xurmo oz bo‘lib, har bir donasi hisobli bo‘lgan vaqtga oiddir. Ana o‘shandoq vaqtda ikki xurmoni bir-biriga qo‘shib qo‘yilsa, boshqalardan ko‘ra ikki hissa ko‘proq eyishga harakat bo‘ladi. Bu ko‘pchilik sherik bo‘lgan taomda odobsizlik, ochko‘zlik va badnafslikdan boshqa narsa emas. Shuning uchun ham, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bundoq ishdan qaytarmoqdalar. Agar egalari tomonidan izn bo‘lsagina xurmolarni bir-biriga qo‘shish mumkin ekan.Demak, taom oz paytida, ko‘pchilik orasida sheriklik bo‘lganida, boshqalardan ko‘proq hissani o‘zlashtirish uchun hiyla qilish, badnafslikning turli ko‘rinishlarini izhor qilish harom ish hisoblanar ekan. Bundoq ishlar musulmonchilik obro‘siga to‘g‘ri kelmas ekan. Bu ishdan uzoq bo‘lish, bolalarni ham shu ruhda tarbiyalab borish zarur.
27 May 2022, 06:03 | Savol-javoblar | 181 | Hadislar