Kuzatish videokameralarini KAZINOGA kuyish

Assalamu alaykum va Roxmatulloxi va Barokatux Shayx Janoblari! Men kuzatish videokameralarini sotish, urnatish bilan shugullanaman, uzimning shaxsiy ishxonam bor. Videokameralar bino tashkarisi va ichkarisiga xavfsizlik, dalil uchun urnatiladi va tinmay bulayotgan xodisalar moslama xotirasiga kunu-tun yozilib turadi. Yakinda bizga Kazino va kimor-uyin avtomatlari tarmoklari egalaridan kamera urnatishni surab kelishdi. Men bu ish shubxali, ularning nima ish kilishini bilib turib, kumaklashamizmi? deb aytsam, sheriklarim meni koyishdi va sen fakat kamera sotasan va urnatasan - xizmatingga pul olasan, buning yomon tomoni yuk, deb, bir domlaning fikrini bilishganini, va bu domla, bu ishni kilsa buladi - deb atganini dalil kilishdi. Tugrisi, mening kunglim tinchmas, ustoz, sizning bu xakida fikringiz men uchun zarur. Raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Albatta, qimorxona uchun xizmat qilish yaxshi emas.

27 May 2022, 06:03 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar