Musofirlik
Assalomu alaykum! Dinimizda musofir musulmonlarga engilliklar borligi hech kimga sir emas. Va musofir kishining namozi haqida shunday deyiladi: "Yashab turgan joyidan o‘rtacha yurishda kamida 18 soatlik (90 chaqirim) masofaga o‘n besh kundan oz muddatni niyat qilib yo‘lga chiqqan kishi qishlog‘i yoki shahrining oxirgi uylari ko‘rinmay qolgan daqiqadan boshlab musofir hisoblanadi. O‘n besh kunga yo bundan ko‘pga niyat qilib chiqilsa, yo‘ldagina musofir sanaladi, borayotgan manzilining dastlabki uylari ko‘ringandan boshlab esa, muqim hukmiga o‘tadi va namozlarini to‘liq o‘qiydi". Savolim shundan iboratki agar kishi uylari ko‘rinmaydigan darajada uzoqlikda bo‘lsa musofirmi yoki 90 chaqrim bo‘lishi shartmi? Masalan men o‘zim Chirchiq shahrida istiqomat qilaman va ba’zan dokument bo‘yicha Toshkentga borib turaman. Oradagi masofa esa kamida 40 kilometrdan oshadi. Shunda men Toshkentda peshinni o‘qimoqchi bo‘lsam musofir bo‘lamanmi? Bir necha marotaba bu hayolimga kelmasdan to‘liq 4 rakatini o‘qiyverdim. Ammo so‘nggi marotaba bu haqda eslab o‘sha uylarini oxiri ko‘rinmasligi haqida eslab 4 rakatli peshin namozini 2 rakatga qisqartirib o‘qidim. Endi bo‘lsa 90 chaqrim haqida o‘qib qoldim va uylarning ko‘rinmasligi haqida ham. Shunda men to‘g‘ri qildimmi? Agar bu holda men musofir hisoblanmasam o‘sha o‘qigan 2 rakatli peshin namozini qaytadan o‘qishim kerakmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Siz keyingi ular”dan o‘zini chiqqan uyi deb tushinib olibsiz. U erda boradigan joyining uylari aytilgan. Qasd qilishda 90km ni qasd qilish kerak. Qasr qilishni shahar yoki qishlog‘ining chiqishidan qilsa bo‘ladi. Chirchiqlik odam toshkenda muqim bo‘ladi. Qasr qilib o‘qiganlaringizni qaytadan qazosini o‘qib oling. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 13:19 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar