Musibatlik

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, bilimlaringizni Alloh bundanda ziyoda qilsin. Yaqinda (4 oy bo‘ladi) dadam qazo qilgandilar. Bizda o‘lgan xonadonlarda ko‘ylak kiyib, aza ro‘mol o‘rashadi. Men dadam o‘lganlarida aza oq ro‘mol  o‘rab, ko‘ylak kiygani uydagilarni qo‘ymadim va bid’atligini aytdim. Shunday bo‘lsa ham mendan yashirincha ayam o‘sha ishlarni qilibdilar. 4-dekabrdan qanaqadir yangi oy kirarmish(oyni oti Movlid oyi, to‘rt inog‘a) deb eshitishibdi. Endi shunga odam yig‘ib, tashvish qilib, ro‘molni echish uchun har xil bo‘lmagan ishlarni qilishmoqchi. Bu narsa ayollardan chiqadi. 1-savolim: Er o‘lganda xotini 4  oy 10 kun ro‘mol o‘rashi shartligi kitobga yozilganimish. Shu to‘g‘rimi?

2). 4-dekabrdan qanaqa oy kiradi va shu oyda savob umidida o‘lganlarga biron nima qilinish kerakmish. Shu gap to‘g‘rimi?

3). Movlud oyi(Oyni nomida xatolik bo‘lsa uzr)  savob bo‘lishi uchun Qur’on o‘qitiladimi? Bizda Qur’on baxona g‘iybat har xil bid’atlar bo‘ladi.

4). Men shu narsalarga iqtisodiy yordam bersam gunohkor bo‘lamanmi? Javoblaringiz uchun kattakon rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!1). Eri o‘lgan ayol idda o‘tirishi vojib.https://old.islom.uz/content/view/1045/137/https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=14164.0https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=23416.02). Robi’ul avval oyi kirib, unda o‘liklarga qilinadigan hech qanday marosim yo‘q.3). O‘liklarni eslaydigan biror kun yoki vaqt tayin qilinmagan. Ularni doim eslab, istig‘for va tilovatlar qilib turish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:55 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar