Bilmay qilingan harom amal

Assalomu alaykum! Alhamdulillah, oilada barchamiz namoz o‘qiymiz. Avval ancha ilmsiz bo‘lganmiz. Endi islomni chuqurroq o‘rganishga harakat qilyapmiz. Bir necha yillar avval bilmagan holatda tipratikonni so‘yib, go‘shtidan taom pishirib eganmiz, davo bo‘ladi deyishgani uchun. So‘yishda bismillah deganimiz aniq. Tipratikon haromligini bilmay qilganmiz. Endi harom ekanligini bilib, nikohimiz tashvishini qilyapman. Shu qilgan ishimiz kufrmi? Nikohimizni yangilashimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tipratikanni eyish harom. Harom hayvonni so‘yishda bismillah aytish bilan go‘shti halol bo‘lib qolmaydi. Qilgan ishingiz uchun tavba va istig‘for aytinglar. Vallohu a’lam!

28 May 2022, 18:15 | Savol-javoblar | 181 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar