Ma’lumotlarni sotish

Assalomu alaykum! Ma’lumki, iT (AyTi) sohasi dunyoda, jumladan, mamlakatimizda ham jadal rivojlanmoqda. Har bir iT kompaniya dam olish, sog‘liqni saqlash, xarid qilish, ish va shular kabi inson hayotining turli sohalarida o‘z faoliyatini osonlashtiradigan xizmatlarni taqdim etadi. Xizmatlar ilovalar, dasturlar, saytlar va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, hech kimga sir emas har bir iT kompaniyaning mahsulotlarini ishlatgan foydalanuvchining har qanday ma’lumotlarini to‘playdi. iT sohasida Islom nuqtai nazaridan Halol yoki Haromligi haqida shubha uyg‘otadigan ko‘plab holatlar va savollar mavjud. Sizga mening savolim quyidagicha: Bugungi kunda men turli sohalar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish xizmatlarini ko‘rsatuvchi iT-kompaniyasining egasiman. Turli sabablarga ko‘ra mening mijozlarim ma’lumotlarini uchinchi tomonlarga sotishim mumkinmi? Ma’lumotlar egasini oshkor qilish yoki oshkor qilmaslik kerakmi? Ma’lumotlar turli xil: Tashkilotlar haqida ma’lumot (mening mijozlarim), mijozlarimning savdosi, mijozlarimning xaridlari, mijozlarimning hisob-kitoblari, mijozlarimning xodimlari, mijozlarimning ish haqi, mijozlarimning mijozlari va joylashuvi (lokatsiya) va boshqalar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz har bir xizmat ko‘rsatgan mijozdan malumotlari borasida ruxsat oling. Vallohu a’lam!

28 May 2022, 18:05 | Savol-javoblar | 170 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar