Ba’zi masalalar bo‘yicha

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan hayrli ishlaringizdan rozi bo‘lsin! Ishorai sabbobani ko‘tarish ayol-qizlarga ham joizmi? Erkagu ayollargga bir xilmi? Hamda “la” da ko‘tarib “illalloh” ning “h”sida tushiriladimi?
2). Farzand uyda onasi hamda opa singillarini o‘ranib avratlarini yopib yurishga mas’ulmi? Agar uyda ota bo‘laturib hech nima demasa ham ahli ayoliga?
3). Biror bir kishi islomga oid bilmagan narsasini so‘rasayu javob bersak fatvo bergan hisoblanib qolmaymizmi? Umuman olganda fatvoni fatvo bo‘lishi uchun qanday shart bo‘ladi? Javoblar uchun rahmat! Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ayollarga ham sunnat. Laa da ko‘tarib Illallohni aytishni boshlashda tushiriladi. 2). Mas’ul. 3). Islomga oid bo‘lgan hukmlarda fatvo hisoblanadi. Shuning uchun aniq bilgan bo‘lishingiz shart. Qiyomat kuni nimaga asoslanib gapirganingiz uchun so‘ralasiz. Shuning uchun kimdan o‘rganganingizni aniq bilib gapiring. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar