Muddati o‘tgan maqsulot
Assalomu alaykum! Kechirasiz mening savolim quyidagicha men oziq ovqat do‘konida ishlayman sotuvchi bo‘lib, lekin bizning do‘konda saqlash muddati o‘tgan maxsulotlar ham chiqib turadi, shunda biz u maxsulotni o‘zimizda sinab ko‘ramiz zero o‘zinggizga ravo ko‘rganni boshqalarga ham ravo ko‘ring deb aytilgan shariyatimizda, shunda maxsulotning holati yaxshi bo‘lsa yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa ham bo‘shqa plastik idishlarga bo‘shatib arzonlashtirilgan narxda sotamiz, sizdan so‘ramoqchi bo‘lganim shariyatimizda ikki zarardan birini tanlash kerak bo‘lsa engili tanlanishi kerak ekan, shunga bu qilayotgan ishimiz joizmi gunoh emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotni zararli bo‘lmasligi va muddati o‘tganini yashirmaslik sharti bilan sotish joiz. Vallohu a’lam!
28 May 2022, 19:05 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar