Nima uchun iymon hammaga berilmaydi?

Assalomu alaykum! Nima uchun Alloh taolo hammaga ham iymon beravermaydi? Alloh uchun kofirni iymonliga aylantirish qiyin ish emasku. Nima uchun Alloh shu arzimagan ishni qilmaydi yoki qilishni istamaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh hamma insonga Islomni taklif qiladi. Uni iymonga kelishi uchun hamma sharoitni 100 foiz qilib beradi. Kofir buni xohlamaydi, xohlaganlari to‘xtamasdan musulmon bo‘lmoqda. Shu erda Alloh taolo bandaga ixtiyor beradi.  Musulmonlar ham shunday ularni jannatga kirishlari uchun payg‘ambarlar, kitoblar, ularni eslatib turuvchi olimlar, pandu-nasihat qiluvchi voizlarni ro‘para qilib qo‘ygan va tanlash ixtiyorini bergan. Alloh taolo insonga qalbni ijaraga foydalanishga bergan. Xuddi bir inson o‘z uyini boshqaga ijaraga berganidek. Ijarachi xohlasin uyni obod qilsin xohlasin vayron qilsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:20 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar