Nomahramlar bilan munosabat

Assalomu alaykum! Institut talabasi o‘ziga nomahram bo‘lgan qizlar, ya’ni kursdosh qizlarga namoz o‘qing, hayoli bo‘ling, nomahram erkaklar bilan, ya’ni biz kursdosh yigitlar bilan ham masofa saqlang va shu kabi masalalarda nasihat qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘p g‘alamis kimsalar nahiy-munkarni o‘ziga niqob qilib o‘quvchi-talaba qiz-ayollarni o‘ziga og‘dirib, noshar’iy suhbatlar qilib, oxir oqibat zinoga sudrayapti. Sizlar ham shundaylardan bo‘lib qolmaslik uchun ularni so‘z bilan emas, o‘z xulq va taqvoingiz bilan bu ishdan qaytaring. Hammangiz bir bo‘lib ular bilan noshar’iy suhbatni to‘xtatsangiz, maqsad hosil bo‘ladi. Vallohu a’lam!

31 May 2022, 21:48 | Savol-javoblar | 183 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar