Cho‘chqa kolbasaga tekkan tovuq go‘shti

Assalomu alaykum! Bugun bir holat yuz berdi. Tarelkada cho‘chqa go‘shti aralashgan kolbasa va uning ustida tovuq go‘shti turgan edi. (Uyimizda cho‘chqa aralash kolbasani dadam bilib turib, tushunib eydi.) Shunda akam tovuqni uzatishimni so‘radi, men esa emay qo‘ya qoling, kolbasaga tegibdi dedim. Baribir olib edi. Shu erda akam tovuqni emasligi kerakmidi yoki 3 marta yuvib, keyin bersam halol bo‘larmidi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom go‘shtning namligi yoki yog‘i boshqa bir narsaga tegsa o‘shani ham harom qiladi. Vallohu a’lam!

2 Iyun 2022, 18:06 | Savol-javoblar | 131 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar