Shom vaqti uzunligi o‘zgarishi

Assalomu alaykum! Alloh bilimingizni bundanda ziyoda qilsin. Agar savolda berishda adashayotgan bo‘lsam uzr surayman. Shayx Hazlatlari rahimahulloh shom namozini vaqti haqidagi «Assalamu alaykum Ustoz. Shom namozi kirgan vaqtdan 1 soat ichida o‘qilsa qazo bo‘lmaydimi?» deb so‘ralgan savolga «Ellik minut» deb javob bergan ekanlar.  (https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=15542.0). Men bu ma’lumotni o‘qiganimdan so‘ng iloji boricha shu vaqt ichida o‘qishga harakat qilmoqdaman. Bilamizki kun va tun uzunligi yil davomida o‘zgarib turadi. Shu bois ushbu shom namozi vaqtining uzunligi ham o‘zgarib yilning ma’lum bir qismida 50 minut va boshqa bir qismida 50 minutdan oz yoki ko‘p bo‘lishi mumkin deb o‘ylab qoldim. Agar meni shayton vasvasa qilayotgan bo‘lsa sizlardan uzr so‘rayman. Javob uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri o‘ylabsiz. Ustozimiz rahimahulloh savol berilgan vaqtdagi shomning vaqtiga qarab javob bergan bo‘lsalar kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 192 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar