Do‘stim

Assalomu alaykum! Man hozirda Rassiyada yashayabman va o‘qiyabman(maktabda 10-sinfda). Ko‘plab do‘stlar ortdirdim. Ularning ichida yaqin do‘stim bor ismi Vitya. U bilan biz juda yaqin do‘stlarmiz, hattoki Uzbekistonda ham bunday do‘stim bo‘lmagan. Men unga do‘st sifatida to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishni (ya’ni islom dinini) burchim deb bilaman, unga ko‘p bora gapirganman ham. U o‘zini xristian dep o‘ylaydi lekin Allohni yagona ekanligiga va Iso payg‘ambar Allohning o‘g‘li emasligiga ishonadi. Mana shular u uchun etarlimi? Meni o‘ylashimcha bu holat futbol o‘ynab turib uni tennis deb atashdekku. To‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iymon deb Allohga, farishtalariga, kitoblariga (jumladan Qur’oni karimga), rasullariga (jumladan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga), qiyomat kuniga yaxshilik va yomonlik Allohning taqdiridan deb bilishga va qiyomat kuni qayta tirilishga ishonishdan iborat ekanligini aytish kerak. Bulardan birortasiga iymon keltirmasa unday insonni mo‘min, musulmon bo‘lmasligini tushuntirish kerak. Vallohu a’lam!

4 Iyun 2022, 17:23 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar